Vazir dunyoning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi
Vashington shahrida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri — Ericsson kompaniyasining Hukumat bilan aloqalar va siyosatni ilgari surish bo‘yicha vitse-prezidenti Jeffri Mark Huk bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, keng polosali internet qamrovini kengaytirish, yangi avlod texnologiyalarini joriy etish hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar “aqlli shaharlar”ni rivojlantirish, sun’iy intellekt asosida tarmoq boshqaruvi kabi zamonaviy yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashdi. Bu tashabbuslar O‘zbekistonning raqamli va innovatsion taraqqiyot yo‘lidagi maqsadlari bilan uyg‘un ekani qayd etildi.
N.Rahmonova,
O‘zA