Vatanga qasamyod er yigitning oliy burchi
O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya institutida musaffo osmon, oliyjanob va tanti xalq, shonli tarixga ega Vatan oldida qasamyod qilish uchun ko‘plab yigitlar safga tizildi.
Ota-onalar, faxriy mehmonlar, shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlaridan tashrif buyurgan vakillar navqiron yurt posbonlarining kelgusidagi xizmatlarida bukilmas iroda hamda ulkan zafarlar tiladi. Harbiy blok chiqishlari, madaniyat va san’at namoyondalarining bayramona kuy-qo‘shiqlari mehmonlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.
Askarlarning Vatani oldidagi qasamyodi ota-onalarning yuzidagi quvonch va jajji qalb egalari bo‘lmish yoshlarning ko‘zidagi ishonch bilan yanada mustahkamlandi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri