Vatan sha’nini ko‘tarmoq sharaf! (+video)
Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2024 yil 30 oktyabrdagi PQ-349 sonli qarori bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyiga O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan xotin-qizlar ham qabul qilinadigan bo‘ldi. Bunga qadar mazkur muassasaga faqat erkaklar o‘qishga qabul qilinardi.
"Temurbeklar maktabi"ga tashrifimiz davomida bu yerda ta’lim olayotgan harbiy qizlarimiz bilan yaqindan tanishib, ularning yutuqlari, yaratilgan shart-sharoitlar haqida suhbatlashdik.
Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan keng islohotlar doirasida xotin-qizlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib, ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Harbiy o‘quvchilar orasida qizlarimizni ko‘rish, ularning chempionlikka erishganlarini eshitish kishiga o‘zgacha faxr bag‘ishlaydi. Ana shunday chempion farzandlar bor ekan, yurtimiz sha’ni yana ko‘tarilib, bayrog‘imiz doimo yuksaklarda hilpirayveradi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/McmUDd3Ierk?si=PquSWdkTirD_65aS" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA