Vatan deb yashamoq eng ulugʻ qismat
Har bir xalqning oʻziga xos urfu odati, yashash tarzi bor.
Har bir xalqning oʻziga xos urfu odati, yashash tarzi bor. Bizning xalqimiz tabiatida dastavval koʻzga tashlanadigan fazilat, adashmasam, bu – bolajonlik, farzandlar baxtu kamolini oʻylab yashashdir.
Uning mehnatu zahmatining boisi, hatto umrining mazmuni ham azaldan faqat shu boʻlgan va shunday boʻlib qolajak. Negaki, inson uchun farzandlar kelajagidan ulugʻroq narsa yoʻq. Ajdodlarimizdan meros bir haq gap bor, Tangri nasibangni qayerga sochgan boʻlsa, borib terib yeysan. Bu ulugʻ hikmat. Bugun dunyoning turli joylariga borib, mehnat qilayotgan, taʼlim olayotgan, ilm qilayotgan kishilar juda koʻp. Ularning maqsad-muddaolari esa yuqorida aytilganidek, farovon hayot kechirish, elu yurtning koriga yarash va albatta, oʻgʻil-qizlari istiqomati, ilmu hunar egallashi, hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun toʻkis shart-sharoit yaratishdir.
Dunyo koʻrish, odam tanish, sayri sayohat vaji bilan jahonning bir nechta shaharu kentlariga borishimga toʻgʻri kelgan. Rossiyaning qadim tarixga ega shahri Sankt-Peterburgga borishni koʻpdan orzulab yurar edim. Niyatim xolis ekan, mana yaqinda yoʻlim shu tomonlarga tushdi.
Sankt-Peterburg... Rossiyaning mazkur tarixiy shahriga sayyoh boʻlib emas, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Gulnora Maʼrupova boshliq bir guruh delegatsiya aʼzolari xizmat safariga otlandik. Guruh Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbek milliy akademik drama teatri, Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi, turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, kino arboblari ijodiy uyushmasi va boshqa turli idora-tashkilotlar vakillaridan tashkil topgan. Ular orasida el taniydigan kishilar – Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov, xizmat koʻrsatgan artistlar Matyoqub Matchonov, Saida Rametova, Fatxulla Maʼsudov, Zafar Shodiyev kabilarning borligi boʻlajak uchrashuvlarning samarali oʻtishini oldindan bashorat qila olardi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 20-avgustida davlatimiz rahbari mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, davlat tomonidan ularning kundalik ehtiyojlari va orzu-umidlari toʻgʻrisida har tomonlama gʻamxoʻrlik qilish, mamlakat hududida ham, uning tashqarisida ham ishonchli ijtimoiy va huquqiy himoya kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining takliflarini hisobga olib “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida”gi Farmonni imzolagan edi. Ushbu farmon bilan tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti tashkil etilishi masalani qay darajada dolzarb ekanligini bildiradi.
Safardan maqsadimiz – ana shu farmon ijrosi doirasida vatandoshlarimiz bilan uchrashib, ularning ehtiyojlari va orzu-maqsadlarini oʻrganish, shuningdek, davlatimiz mustaqilligining 28 yillik ayyomi bilan qutlash edi. Vatandoshlarimiz bilan boʻlgan barcha uchrashuv-tadbirlar Sankt-Peterburgdagi Oʻzbekiston Bosh konsulligi hamda “Madad” chet el fuqarolarini huquqiy qoʻllab-quvvatlash nodavlat-notijoraat markazi tomonidan tashkil etildi.
Sankt-Peterburg haqida bilasiz. Shunday boʻlsa ham shahar haqida ozgina maʼlumot berib oʻtsam. Shahar Rossiyaning sayyohlar koʻp keladigan qadim tarixga ega manzili hisoblanadi. Ermitaj hamda Neva daryosi shaharliklarning faxru iftixoridir. Juda koʻp yillar mamlakat boshkenti boʻlgan bu shaharning kishilar tilida hozir ham ikkinchi poytaxt degan ramziy nomi bor.
Darvoqe, shahar markazida Buxoro amirlari Sayyid Abdulahadxon va Amir Olimxon tashabbusi bilan barpo etilgan jomeʼ masjidi bor. Masjid 1913-yilda ochilgan, oʻz davrida Yevropadagi eng yirik jomeʼ masjidlaridan biri boʻlgan. Bu yerda bir vaqtning oʻzida 5000 kishi namoz oʻqiy oladi. Tarix kitoblarida yozilishicha, 1913-yilda shahardagi musulmonlar soni bor-yoʻgʻi 8000 nafar boʻlgan ekan. Bugungi kunda esa, matbuot xabarlarida keltirilishicha, Sankt-Peterburg masjidlarida Ramazon va Qurbon hayitlarida qirq mingdan ortiq namozxon toʻplanar ekan.
Biz tadbirlarimizni Sankt-Peterburg shahrida mehnat qilayotgan fuqarolarimizning yashash va ish sharoitlari bilan yaqindan tanishishdan boshladik. Dastlab, Federatsiyada eng yirik savdo va biznes markazlaridan birining qurilishida ishtirok etayotgan 300 nafardan ortiq vatandoshimiz bilan diydorlashdik. Ularning yuz-koʻzlaridagi quvonchni, baxt ifodalarini koʻrish bizga yaxshi kayfiyat bagʻishladi. Ayniqsa, Oʻzbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov atoqli adib Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari asosida suratga olingan videofilmdagi Zahiriddin Muhammad Bobur rolidan parchalar ijro etganida barchaning koʻzida yosh qalqdi. Ulugʻ bobomiz Mirzo Boburning murakkab hayot yoʻli, Vatan deya chekkan iztirobli kechmishi koʻz oʻngimizda jonlangandek boʻldi. Oʻz navbatida bu zaminda vaqtincha mehnat qilayotgan yurtdosh oʻgʻlonlarimiz ham qarab turishmadi. Biri Mirzo Boburdan, biri Muhammad Yusufdan sheʼrlar oʻqishib, koʻpchilikning olqishini olishdi.
Shundan soʻng biz tikuvchilik korxonasida mehnat qilayotgan bir guruh oʻzbek ayollari bilan suhbatlashdik. Ish va yashash sharoitlari borasidagi katta-kichik muammolarni oʻrganishga harakat qildik, hal etilishi zarur boʻlgan baʼzi masalalar boʻyicha soha mutaxassislari atroflicha javob qaytarishdi. Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toirning haroratli soʻzlari, vatan, millat, xalq haqidagi manzumalari yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, Sankt-Peterburg shahrida vaqtincha mehnat qilayotgan hamyurtmiz Muhtarama Joʻrayevaning, men ayni paytlarda oʻzimni Vatanim – Oʻzbekistonda his qilayapman. Biz hech qachon bunday yoʻqlovni kutmaganmiz. Sizlarga, siz orqali muhtaram Prezidentimizga rahmat aytaman, degan yurak soʻzlarini eshitarkanmiz, uning timsolida mamlakatimizda olib borilayotgan yangi islohotlardan mamnun yurtdoshlarimizni koʻrgandek boʻldik. Shuni alohida taʼkidlashim kerakki, xizmat safari davomida xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan sayyor qabullar ham tashkil etildi. Xotin-qizlarimiz bilan yuzma yuz uchrashib, suhbatlashildi. Ularning muammolari, taklif-istaklari oʻrganildi. Sankt-Peterburg administratsiyasining millatlararo munosabatlar hamda migratsiya siyosatini yuritish qoʻmitasi vakillari bilan hamkorlikda fuqarolarimizga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning huquqiy himoyasini taʼminlash borasida aniq vazifalar belgilab olindi. Kelgusida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan maqsadli rejalarning “yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi.
Albatta, jamoamiz bilan tadbirlar davomida bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlar, yoshlarimiz uchun berilayotgan imkoniyatlar, tadbirkoru ishbilarmonlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, davlatimizning keyingi yillarda erishgan yutuqlari, jahon mamlakatlari bilan olib borayotgan doʻstona aloqalari, shahru qishloqlarimizning borgan sari obod boʻlayotgani, yangi-yangi turar-joylar barpo qilanayotgani haqida ham batafsil maʼlumotlar berdik. Vatandoshlarimizni eng ulugʻ, eng aziz bayram – mustaqilligimizning 28 yilligi bilan qutladik, mushoira kechalari tashkil etdik, taniqli sanʼatkorlarimiz dilbar ijrolari bilan hammaga quvonch ulashishdi. Biz esak, oʻz yoʻqlovimiz bilan, ikki ogʻiz soʻzimiz, sheʼru qoʻshiqlarimiz bilan oʻz Vatanidan olisda – vaqtincha mehnat qilayotgan, tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz vaqtini xush qilolganimiz, koʻngillarida oʻz kelajaklariga ishonch va faxru iftixor tuygʻulari uygʻota olganimizdan mamnun edik. Zero, safardan maqsadimiz ham aynan ana shu edi.
Bobomiz Imom at-Termiziy sarvari koinot Muhammad sallallohu alayhi vasallamdan shunday mazmundagi hadis rivoyat qilganlar: “Qiyomat kuni Odam bolasining qadami Robbisining huzuridan to beshta narsadan soʻralmagunicha siljimaydi: umrini qanday oʻtkazgani, yoshligini nimaga ketkazgani, molini qayerdan topgani va uni qayerga sarflagani hamda bilgan narsasiga qanchalik amal qilgani haqida”. Bundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, biz gʻanimat umrimizdan, ayniqsa yoshlik davri imkoniyatlaridan unumli foydalanishimiz zarur. Yoshlikda olingan taʼlim inson ongu shuurida bir umrga muhrlanib qoladi. Shu maʼnoda, aytish lozimki, bugungi oʻzbek yoshlari ilm tahsili yoʻlida tinim bilmay izlanayotganlari, jahonning eng nufuzli oliy taʼlim dargohlarida oʻqiyotganlari davlatimiz kelajagi, uning taraqqiyoti uchun juda muhimdir.
Maʼlumotlarga qaraganda, ayni paytda Rossiya federatsiyasida 26 ming nafardan ziyod yigit-qizlarimiz taʼlim olmoqda. Bizning navbatdagi uchrashuv-tadbirimiz manzili Sankt-Peterburg davlat Yoʻl aloqalari universiteti boʻldi. Hozirda bilim maskanida 300 nafardan ortiq oʻzbek yoshlari bilim olayapti. Bu esa yoshlarimizning malakali mutaxassis boʻlish, ilmu tafakkurlarini oshirishga qanchalar chanqoq ekanliklarni namoyon etadi. Universitet prezidenti Viktor Lobko uchrashuv chogʻida, men oʻzbek xalqini juda yaxshi koʻraman. Oʻzbekistonda doʻstlarim koʻp, ularning barakotli dasturxonidan bahramand boʻlganman. Oʻzbek talabalarimga kelsak, ular bilan faxrlanaman. Universitetning boshqa toliblari ham oʻzbekistonlik yoshlar kabi ilmga chanqoq, tarbiyali boʻlishini xohlar edim, dedi mamnuniyat bilan. Oʻz navbatida biz ham bu ilmsevar yoshlar mamlakatimiz taraqqiyoti yoʻlida salmoqli faoliyat olib borishlariga ishonamiz. Ushbu taʼlim muassasasida boʻlgan uchrashuv barchada katta taassurot qoldirdi. Yoshlarning kelajakka boʻlgan ishonchlari, niyatlari qutlugʻ ekanligidan quvondik.
Safarning soʻnggi kunida shahar markazidagi Yoshlar madaniyat saroyida mingga yaqin vatandoshlarmiz hamda mehmonlar ishtirokida madaniy kecha uyushtirdik. Turli koʻrgazmalar tashkil etildi.
Xulosa oʻrnida shuni alohida taʼkidlashim kerak, mamlakatimiz Rahbarining joriy yilning 20-avgustdagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining takliflarini inobatga olib qabul qilgan Farmoni oʻta dolzarb, muhim tarixiy bir hujjat ekanligiga Sankt-Peterburg safari davomida qayta-qayta amin boʻldik. Xorijda taʼlim olayotgan va mehnat qilayotgan fuqarolarimiz bilan doimiy ravishda aloqada boʻlib turishimiz lozimligini yurakdan his qildik. Chunki, ular bizning qondosh-jondosh aka-uka, opa-singillarimiz, ularni unutishga, himoyasiz qoldirishga aslo haqqimiz yoʻq. Toki ular ham ortlarida Oʻzbekiston atalmish ulugʻ mamlakat, ularning taqdiriga aslo befarq boʻlmagan Prezidentlari borligini har nafasda his qilib turishsin.
Yarim tun. Nevani kechmoqda kema,
Ichida turli til yangraydi, gavjum.
Moviy koʻzli dilbar boʻlib parvona,
Qahva uzatadi aylab tabassum.
Pyotr saroyin malikasi u,
Men ham maftuniman ajib shevaning.
Barcha sayyohlarga bu shaddod ohu,
Taʼrifin sheʼr kabi aytar Nevaning.
Yana shoʻx jilmayib, Pushkin dahodan,
Sergey Yesenindan oʻqiydi baytlar.
Uning yuragiga koʻchgan samodan,
Muazzam fikrlar, munavvar qaydlar.
Manim koʻz oʻngimda shul damda biroq,
Oqsaroy, Registon jonlandi bir-bir.
Yurt oʻyi ruhimda porlagan chiroq,
Qalbimda mavj urgan Amu bilan Sir.
Hazrati Navoiy soʻzi misli nur,
Yuraklar hamisha ziyoga muhtoj.
Vatandan koʻzini uzmagan Bobur,
Bobo yurt xayoli boshimizda toj.
Tuprogʻin sevadi, neki jonzot bor,
Sen haqsan, ey goʻzal, bu qutlugʻ hikmat.
Axir, barchamizga Vatan betakror,
Vatan deb yashamoq eng ulugʻ qismat.