“Vaqf” fondining xayriya tadbiri
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali tomonidan Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Jumladan, Nukus shahridan 90 ta, Nukus, Xo‘jayli va Taxiatosh tumanlarining har biridan 30 tadan, jami 180 ta kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilaga 36 million so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti topshirildi.
[gallery-7895]
–Insonparvarlik, ezgulik, shukronalik va mehr-oqibat bayrami Qurbon hayiti kunlarida bunday xayriya tadbirlarini o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Islombek Tajetdinov. – Bayram kunlarida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratgan holda, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, pensioner va yolg‘iz qariya, nogironligi bo‘lgan shaxslarga xayriya yordamlari kӯrsatilmoqda.
Dovud ABIBULLAEV,
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA