Uzoq Sharqda qor yo‘llarni to‘sib qo‘ydi
Rossiyaning Magadan viloyatida kuchli kuzgi qor yog‘ishi transport harakatini izdan chiqardi. Qor bosgan yo‘llarda yuk mashinalari harakatlanishga qiynalmoqda, shaharlar aro avtobus qatnovi kechiktirilgan yoki vaqtincha to‘xtatilgan.
Yo‘llarga maxsus qor tozalash mashinalari safarbar etildi. Mahalliy hokimiyat haydovchilarni uzoq masofaga safarni vaqtincha kechiktirishga chaqirdi. Aholi avtobus bekatlarida qatnov tiklanishini kutib qolyapti.
Ob-havo ma’lumotiga ko‘ra, hududda yana nam qor va kuchli shamol kutilyapti. Demak, yo‘llardagi vaziyat yanada qiyinlashishi mumkin.
Musulmon Ziyo, O‘zA