"UzChess Cup 2026": Abdusattorov bugun Mamedyarov bilan kuch sinashadi
Toshkentdagi “Crowne Plaza” mehmonxonasida umumiy mukofot jamg‘armasi 121 500 AQSH dollaridan iborat “UzChess Cup 2026” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.
“Masters”, “Challengers”, “Futures” va “Open” guruhlarida o‘tkazilayotgan musobaqalarda 20 dan ziyod davlatning mahoratli shaxmatchilari dona surmoqda.

Kecha nufuzli turnirning “Masters” guruhida dastlabki tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtlarimizdan Muhiddin Madaminov oq donalarda rossiyalik Yan Nepomnyashiyni, ozarbayjonlik Shaxriyor Mamedyarov oq donalarda hindistonlik Vidat Gudjratini, gretsiyalik Nikolaos Teodoru AQSHlik Neymann Xans Mokeni mag‘lub etgan bo‘lsa, Shamsiddin Vohidov – Arjun Erigaisi(Hindiston), Nodirbek Yoqubboyev – Nodirbek Abdusattorov qarama-qarshiligidagi bahslarda murosa yo‘li tanlandi.

Bugun, 8-iyun kuni “Masters” guruhining 2-turida Yan Nepomnyashiy – Vidat Gudjrati, N.Abdusattorov – Sh.Mamedyarov, Erigaisi – N.Yoqubboyev, Neymann Xans Moke – Sh.Vohidov, M.Madaminov – N.Teodoru bahslari tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 9 ta turdan iborat bo‘lgan xalqaro turnir musobaqalari 15-iyunga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA