Uychida minglab yoshlarni qamrab olgan futbol bahslari boshlandi
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
Namangan viloyati Uychi tumanida o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari 2026-yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi” uchun tashkil etilgan musobaqalar bilan uzviy davom etdi.
Mazkur musobaqalar doirasida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va yoshlar, shuningdek, qizlar o‘rtasida futbol va mini futbol bahslariga start berildi. Unda tumandagi 53 ta mahalladan 4 mingdan ortiq yosh qamrab olinishi rejalashtirilgan.
[gallery-28727]
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi rahbariyati, mas’ul tashkilotlar vakillari hamda yoshlar ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda sportni ommalashtirish, yoshlarni jismonan baquvvat va ma’nan yetuk etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, ishtirokchi jamoalarga muvaffaqiyatlar tiladilar.
Dastlabki uchrashuvda “Toshloq” va “Jiydakapa” mahallalari jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Sport musobaqalari yoshlar uchun nafaqat bellashuv maydoni, balki do‘stlik, birdamlik va g‘alaba sari intilish timsoliga aylanmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA