Ustozning mehnati – elning ertasi
FOTOREPORTAJ
Termizda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.
Marosimda boshqarma boshlig‘i Husniddin Mamadiyev so‘zga chiqib, fidoyi ustozlarni samimiy muborakbod etdi. Ustozning mehnati – elning ertasi, Vatan kelajagining poydevori ekanini ta’kidlanib, ta’lim sohasida yuksak natijalarga erishayotgan pedagoglarga o‘z minnatdorligini bildirildi.
[gallery-25554]
Maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida fidokorona xizmat qilayotgan 12 nafar pedagogga “Xalq ta’limi fidoyisi”, 78 nafariga “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA