Urush qatnashchisi holidan xabar olindi
Ikkinchi jahon urushi haqidagi xotiralarning jonli guvohlari tobora oramizda kam qolmoqda. Ularning qarab turgan mayus nigohlaridan urush dahshatlarini anglash qiyin emas. Albatta bugungi dorilomon kunlarga yetib kelishimizda urush qatnashchilarining xizmatlari beqiyos. bugungi kunda hukumatimiz tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunday xayrli ishlarga barcha tashkilotlar o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Xususan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qamashi tuman bo‘linmasi hamda tuman hokimligi tashabbusi bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 113 yoshli Ro‘ziboy Sattorovning xonadoniga tashrif buyurilib, holidan xabar olindi va oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

Shuningdek, hududdagi oilaviy mehribonlik uylariga ham borilib, bolajonlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ushbu saxovat tadbirlarida tuman hokimi Botir Tog‘ayev ham ishtirok etdi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.