Universitetda “Karera kuni – 2022” o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Buxoro davlat universiteti bitiruvchi talabalarini ish bilan ta’minlash, barcha kurslarda tahsil olayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida “Karera kuni – 2022” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.
[gallery-6216]
Yarmarkada 100 dan ziyod ish beruvchi korxona va tashkilot 500 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.
Tadbir doirasida tashkilotchilar va mutaxassislar tomonidan talabalar bilan mehnat qonunchiligi, ularning huquqiy bilimini oshirish borasida suhbatlar o‘tkazildi, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytarildi.
Yarmarkada viloyatda yangi ish o‘rinlari tashkil etish, bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirishga doir masalalar bo‘yicha soha vakillarining ma’ruzalari tinglandi.
Tohir ISTATOV (surat),O‘zA