Universitet talabalari Madridda tahsil oladi
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Shuhrat Aliqulov hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Nabijon Abduazizov Ispaniyaning Madrid politexnika universitetida bo‘lib, xorijiy ta’lim muassasasi mas’ullari bilan muzokaralar olib bormoqda.
35 ming nafardan ortiq talaba tahsil olayotgan Madrid politexnika universiteti va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti o‘rtasida 2022 yildan buyon hamkorlik olib borilmoqda.
Universitet axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tomonlar o‘rtasida imzolangan qo‘shma dasturlarga ko‘ra, hamkorlikda kadrlar tayyorlash hamda ilmiy stajirovkalarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, endilikda qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida universitet talabalari Madrid politexnika universiteti Konchilik maktabida tahsil oladi hamda mazkur oliy o‘quv yurtining Ilmiy -tadqiqot markazida mahalliy olimlarimiz stajirovka o‘taydi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri