Universitet faxriylari taqdirlandi
Mamlakatimizda 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni keng nishonlandi.
Ana shunday tadbirlardan biri Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil“ mavzuida tashkil etildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda kasaba uyushmalari tarixi, yurtimiz kasaba uyushmalari faoliyati, ularning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida so‘z bordi.
- Kasaba uyushmasi — fuqarolarning faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasidir, — deydi universitet pedagogika fanlari doktori, professor Barno Abdullayeva. - Ushbu sohada ishlash sharafli va mas’uliyati hisoblanadi. Chunki soha egalari nafaqat tashkilot, balki har bir xodim, uning oila a’zolari va uning turli manfaatlari uchun kurashadi.
Tadbirda universitet faxriylari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir doirasida namoyish etilgan konsert dasturi ishtirokchilarga quvonch ulashdi.


Muxlisa A’zamova,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.