Umarov Xamza Ismatillayevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Xomashyo xossalari o‘zgaruvchan sharoitlarda, Muborak mintaqasi tabiiy gazini tayyorlash jarayonida propan-butan aralashmasini ajratib olish samaradorligini oshirish» mavzusida
Umarov Xamza Ismatillayevichning 04.00.13 – «Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish» ixtisosligi bo‘yicha «Xomashyo xossalari o‘zgaruvchan sharoitlarda, Muborak mintaqasi tabiiy gazini tayyorlash jarayonida propan-butan aralashmasini ajratib olish samaradorligini oshirish» mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ huzuridagi DSc.36/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 20-oktabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100029, Toshkent shahar, Taras Shevchenko ko‘chasi, 2-uy.
Tel.: (99871) 280-67-00
e-mail: liting@liting.uz