Umarali Rahmonaliyev toʻp tepayotgan Ozarbayjonning “Sabah” klubi YChL pley-offining keyingi bosqichiga yoʻl oldi
Bellashuvni hamyurtimiz Umarali Rahmonaliyev asosiy tarkibda boshladi va toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Ozarbayjon chempionligini qoʻlga kiritgan “Sabah” klubi Yevropa Chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasida Uelsning “Nyu Seynts” jamoasiga qarshi javob oʻyinida maydonga tushdi. Uchrashuvda “Sabah” 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Ikki oʻyin natojasiga koʻra ozarbayjonliklar 4:1 hisobida raqibidan ustun keldi va keyingi bosqichga yoʻl oldi. Bellashuvni hamyurtimiz Umarali Rahmonaliyev asosiy tarkibda boshladi va toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Endi “Sabah” Finlandiyaning KuPS jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuvlar 21-28-iyul kunlari boʻlib oʻtadi.