Ukrainalik qochqinlar soni besh milliondan oshdi
Ukraina hududida siyosiy mojarolar boshlangandan beri mamlakatni tark etgan qochqinlar soni besh milliondan oshgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi xabar bermoqda.
“Euronews” tarqatgan axborotga ko‘ra, Ukraina fuqarolari borgan mamlakatlar orasida birinchi o‘rinda Polsha turibdi. U yerda 2,8 milliondan ortiq kishi qabul qilingan.
– Chegarani kesib o‘tayotgan qochqinlar soni kundan-kunga ortib boryapti, – deydi BMT qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi vakili Shabia Mantu.
– Tasavvur qilib bo‘lmaydi, odamlar uyini tashlab ketayotgani achinarli holat. Eslatib o‘tamiz, Polshada qochqinlarni qabul qilish uchun maxsus markazlar mavjud, ularning aksariyati ayollar va bolalarga mo‘ljallangan. U yerda yashash uchun sharoit yaxshi bo‘lmasa ham, boshpana bo‘lib turibdi.