Ukrainada deputatlar va amaldorlarning uylari tintuv qilinmoqda(+video)
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash tizimlari yirik maxsus operatsiya boshladi. Maxsus idoralar yuqori lavozimdagi amaldorlar va deputatlar bilan bog‘liq bir nechta manzillarda tintuv o‘tkazmoqda, deb xabar berdi DW nashri
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tergov Ukraina Prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Irina Mudraya, deputat Vadim Stolar va sobiq deputat Maksim Mikitas nomlari bilan bog‘liq.
Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi kurash byurosining ma’lum qilishicha, gap amaldagi va sobiq deputatlar hamda Prezident ofisi yuqori lavozimdagi xodimlari ishtirokida faoliyat yuritgan jinoiy tashkilot haqida ketmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hozircha gumonlanuvchilarning nomini rasman e’lon qilmagan. Tergovda «Sens Bank», sobiq energetika va adliya vaziri German Galuenko bilan bog‘liq ishlar ham tilga olinmoqda.
Rasmiy tafsilotlar keyinroq taqdim etilishi kutilmoqda.
E’tiborli jihati —tergovning yuqori davlat lavozimlarini egallab turgan shaxslargacha yetib borgani Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash va hokimiyat ichidagi ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi masalasini yana kun tartibiga olib chiqmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/puq2S_xTTco" title="Ukrainada deputatlar va amaldorlarning uyi tintuv qilinmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA