Ukraina terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayyorlanish arafasida
O‘tmishda ushbu mutaxassis terma jamoaning texnikalarni rivojlantirish bo‘limida faoliyat olib borgan.
Jahon chempionati saralash bosqichining so‘nggi raundida mag‘lub bo‘lib, mundialsiz qolgan Ukraina terma jamoasi o‘ziga yangi murabbiy tanladi.
Italiyalik mutaxassis Andrea Maldera Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishga yaqin turibdi. Bu haqida taniqli insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, kelishuv rasmiylashishi yakuniy bosqichda davom etmoqda. O‘tmishda ushbu mutaxassis terma jamoaning texnikalarni rivojlantirish bo‘limida faoliyat olib borgan. Shuningdek, u "Milan"da o‘yin tahlilchisi va yoshlar murabbiyi bo‘lgan. "Brayton" va "Marsel" klublarida esa yordamchi murabbiy sifatida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina terma jamoasini so‘nggi 3-yilda Sergey Rebrov boshqargan edi.