Ukraina ilovasi buzib kirildi: aholiga soxta xabarlar tarqatildi
Ukrainadagi "Povіtryana trivoga" – "Havo xavfi" mobil ilovasiga kiber hujum uyuştirilib, ruxsatsiz kirildi va aholiga vahima uyğotuvçi soxta ogohlantiriş tarqatildi.
Jumladan, ilovada bexos “Radiatsiya xavfi bor!”, “Kimyoviy xavf!” va “Köça jangi boşlanişi mumkin!” mazmunidagi xabarlar paydo böldi. Şuningdek, xavf xaritasida butun Ukraina hududi qizil rang bilan belgilandi.
Mamlakat Harbiy-havo kuçlari holat yuzasidan rasmiy bayonot berib, tarqatilgan axborot haqiqatga töğri kelmasligini maʼlum qildi. Rasmiy bayonotda radiatsiya yoki kimyoviy xavf mavjud emasligi taʼkidlandi.
Harbiylar hodisani aholi orasida qörquv va sarosima uyğotişga qaratilgan ruhiy hujum sifatida baholadi. Fuqarolarga vahimaga berilmaslik, faqat rasmiy manbalardan tarqatilayotgan maʼlumotga işoniş tavsiya etildi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA