UFC chempioni Islam Maxachev jahon chempionatida Marokashga muxlislik qiladi
Islam o‘tgan jahon chempionatining kashfiyotiga aylangan Marokash terma jamoasini qo‘llab quvvatlaydi.
Islam Maxachev jahon chempionatida qaysi terma jamoaga muxlislik qilishini ma’lum qildi.
UFCda yarim o‘rta vazn toifasining amaldagi chempioni Dog‘istonlik Islam Maxachev jahon chempionatida qaysi jamoaga muxlislik qilishini o‘zining ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Islam o‘tgan jahon chempionatining kashfiyotiga aylangan Marokash terma jamoasini qo‘llab quvvatlaydi. Afrikaliklar Qatar yashil maydonlari mezbonlik qilgan mundialning yarim finaligacha yetib borib, yakunda 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Marokash terma jamoasining jahon chempionatining guruh bosqichida Braziliya, Shotlandiya va Gaiti bilan kuch sinashadi.