UEFA Rossiyaning xalqaro maydonga qaytishi haqida izoh berdi
Barcha mamlakatlar bir-biriga qarshi o‘yinlarda ishtirok eta olishini istaymiz.
UEFA rahbarining maslahatchisi Yozef Kliment Rossiyaning xalqaro maydonlarga qaytishi haqida gapirdi.
"Biz hammamiz katta futbol oilasining bir qismimiz. Barcha mamlakatlar bir-biriga qarshi o‘yinlarda ishtirok eta olishini istaymiz. Shu bilan birga, mavjud vaziyatni ham tushunamiz. Biroq hozir vaziyatni o‘zgartira olmaymiz. Barchasi qanday rivojlanishini kutishimiz va kuzatishimiz kerak", - dedi UEFA vakili.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 2022-yildan buyon FIFA va UEFA qarori bilan xalqaro musobaqalardan chetlatilgan edi.