Uchquduqlik 237 nafar yoshlar ilk bor ovoz beradi
Bugun mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan muhim siyosiy jarayon muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida fuqarolar o‘z konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda faol qatnashmoqda.
Navoiy viloyati Uchquduq tumanida tuzilgan 23 saylov uchastkasining barchasida bugun ertalab soat 8:00 da ovoz berish jarayonlari boshlandi. Tumandagi 24 ming 652 nafar saylovchilarning 237 nafarini ilk bor ovoz berish jarayonlarida qatnashayotgan yoshlar tashkil etadi.

– Ovoz berish Saylov kodeksida belgilangan talablar asosida amalga oshirilmoqda, – deydi Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Rayhon Qodirova. – Saylovlar mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, yaqin va olis istiqbol uchun belgilab olinadigan strategik taraqqiyotning dasturiy vazifalarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa fuqarolik pozitsiyasini teran anglab yetgan fuqarolarimizning erta tongdan ovoz berishga shoshayotganligi, oilaviy tashriflar, yoshlar va yosh oilalarning ham birdek saylovlarda ishtirokida o‘z aksini topmoqda.


Bugun soat 13:00 holatida tumandagi saylovchilardan 13 ming 696 nafari o‘zlari munosib deb bilgan nomzodlariga ovoz bergan.
A.Bo‘riyev, O‘zA