Uch karra yer solig‘i bekor qilindi:hisoblangan soliqlar qaytariladimi? (+video)
Xabaringiz bor, 15-iyunda imzolangan qonun bilan Soliq kodeksining 483-moddasi 103-qism bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, yer uchastkalaridan hujjatsiz foydalanganlik uchun uch karrali soliq hisoblash tartibi jismoniy shaxslar uchun 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-iyunga qadar bekor qilindi.
Avval amaldagi tartibga ko‘ra, bunday holatlarda soliq yuklamasi uch barobar miqdorda hisoblanib, bu ayrim oilalar uchun og‘ir moliyaviy bosim va sun’iy qarzdorliklarning shakllanishiga olib kelar edi. Endilikda soliq organlari tomonidan yuqoridagi muddat uchun avval hisoblangan soliqlar qayta hisob-kitob qilinadi.
Lavhamiz davomida jismoniy shaxslarga yer uchastkalaridan hujjatsiz foydalanganligi uchun hisoblangan uch karra yer solig‘i bekor qilinish sabablari, nega aynan 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-iyungacha bo‘lgan davr uchun soliq bekor qilinayotgani va albatta, to‘langan uch karra soliqni qaytarish tartibi haqida batafsil ma’lumot beramiz.
<iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/B5Gux1vB0Xs" title="Uch karra yer solig‘i bekor qilindi: hisoblangan soliqlar qaytariladimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA