Uch jamoaning mavsumdagi ilk g‘alabasi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXV milliy chempionati oliy liga bahslarining to‘rtinchi tur uchrashuvlarida “Olmaliq”, “Andijon” va “Mash’al” jamoalari mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXV milliy chempionati oliy liga bahslarining to‘rtinchi tur uchrashuvlarida “Olmaliq”, “Andijon” va “Mash’al” jamoalari mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi.“Olmaliq” o‘z maydonida “Metallurg” darvozasiga javobsiz ikkita to‘p kiritdi. Gollarga Doniyor Ismoilov va Farhod Tojiyev mualliflik qildi.
“Andijon” – “Neftchi”, “Mash’al” – “Navbahor” uchrashuvlarida 2:1 hisobi qayd etildi.
“Lokomotiv” Jizzaxda “So‘g‘diyona” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Keskin va murosasiz bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Mezbonlar vakili Murod Xolmuhammedov 47-daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov vaziyatni tenglashtirdi.
“Bunyodkor” jamoasi G‘uzorda “Sho‘rtan”ni, “Buxoro” safarda “Qo‘qon-1912” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
“Obod” va “Qizilqum” o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobi bilan yakunlandi.
To‘rtinchi tur doirasidan joy olgan “Paxtakor” va “Nasaf” o‘rtasidagi o‘yin 11-aprelda bo‘lib o‘tadi.