Sirdaryo viloyati Majburiy ijro byurosi Boyovut tumani bo‘limiga fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 2021 yil 26 martdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor M.M.dan undiruvchi Sh.J. foydasiga 2014, 2017, 2018 yillarda tug‘ilgan uch nafar voyaga yetmagan farzandlari moddiy ta’minoti uchun har oy jami daromadining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan edi.

– Aliment to‘lovlari oyma-oy to‘lab kelingan bo‘lsada, davlat ijrochilari tomonidan er-xotin o‘rtasida keng tushuntirish ishlari olib borilgach, yosh oila yana birgalikda totuv bo‘lib yashashga kelishdi, – deydi Byuroning Boyovut tumani bo‘limi davlat ijrochisi Bekzod Ibragimov. –Natijada yosh oila qayta tiklandi. Hozirda ular ahil oila bo‘lib, ginalarni unutib, farzandlarini tarbiyalamoqda. Undiruvchining ijro hujjatini ijrosiz qaytarish haqidagi murojaatiga asosan ijro hujjati tegishli tartibda qaytarildi.

Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi xodimlari bunday ezgu, xayrli tadbirlarni davom ettirmoqda.

Shuhrat Suyarov, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch farzandli oila qayta tiklandi