Uch avlod — bir maqsad sari
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Unda “Nuroniy” jamg‘armasi Surxondaryo viloyati bo‘limi raisi Orzuqul Soatov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Farhod Boqiyev, ta’lim tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan nuroniy ustozlar, faol pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.
[gallery-31365]
Uchrashuvda avlodlar davomiyligi, ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish, yoshlarni bilim olish va ezgu maqsadlar sari ruhlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Nuroniylarning hayotiy tajribasi va pand-nasihatlari yoshlar uchun muhim tarbiya maktabi ekani ta’kidlandi. Tadbir davomida ta’lim sohasida ko‘p yillar faoliyat yuritgan faxriy ustozlarning xotiralari tinglanib, ularning boy tajribasi yosh avlod uchun ibrat ekani qayd etildi.
Ta’kidlanganidek, bunday uch avlod uchrashuvlari avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va hurmatni mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Mazkur ezgu an’ana viloyatning barcha tuman va shaharlarida muntazam davom ettirilmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA