O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyining tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Ammo faoliyatini ancha samarali yo‘lga qo‘ygan. Bu yerga har kuni maktab o‘quvchilari, tadqiqotchilar va ijodkorlar oila a’zolari bilan tashrif buyuradi.

Muzeyda eksponatlar davrlashtirib joylangan bo‘lib, 1910-1930 , 1940-1960, 1970-1990 yillarda va mustaqillik davrlarida milliy adabiyotimiz rivoji uchun beminnat xizmat qilgan shoir, yozuvchi, publitsist va adabiyotshunoslarning ijodiy faoliyati aks etgan fotosuratlari, topilishi qiyin bo‘lgan nodir, kamyob kitoblarni uchratish mumkin.  

U yerda o‘z davrida kam sonda chop etilgan (yaqin yillar ichida qayta nashr etilmagan) Parda Tursunning “O‘qituvchi” romanini uchratish mumkin.  

Muzey Yozuvchilar uyushmasi binosining yerto‘la qismida joylashgan bo‘lsada, maxsus yoritgichlar orqali yoritiladi. Keng zal, zamonaviy o‘rindiqlar, aylana shaklda va noodatiy joylashtirilgan eksponatlar kishini o‘ziga jalb etadi.  

Shuningdek, muzey xodimlari va direktori Munira Ramazonova tashabbusi bilan yaqin tarixda yashab o‘tgan ijodkorlarning yaqinlari va shogirdlari bilan shartnoma imzolab, muzey eksponatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar qilinmoqda. Muzeydagi har bir eksponat ishonchli saqlanib qolgan.  

– Muzey 2020 yilda o‘z faoliyatini boshladi, –deydi muzey rahbari Munira Ramazonova.   – Maskandagi har bir eksponat kuzatuvchilarni bee’tibor qoldirmaydi. Bino zamonaviy jihozlangan. Xonalar chang va gardlardan xoli. Shuning uchun ham bu yerdagi eksponatlarning sifatli va yaroqli saqlanishiga kafolat bor.  

Biz muzeyimizni yanada boyitish uchun hamyurtlarimizdan uylarida saqlayotgan kamyob kitoblarni va hozirda nashrlarda yo‘q badiiy asarlarning eski nashrlarini sotib olmoqchimiz. Bunda muzey eksponatlari soni oshadi va ushbu kitoblarning umri uzayadi.  

Keng jamoatchilik kitoblardan boxabar bo‘ladi va avlodlarga ham yetib boradi. 18 may “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyida ham “Ochiq eshiklar kuni” uyushtirilgan bo‘lib, ushbu uyushma a’zolari, yosh ijodkorlar va adabiyot ixlosmandlari muzeyga kelmoqda.  

D.Mamatova, O‘zA muxbiri

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
U yerda Parda Tursunning “O‘qituvchi” romani va boshqa nodir badiiy asarlarni uchratish mumkin...