Tuyaqush boqish juda barakali ish
Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi Oqbuloq mahallasida yashovchi Davron Xoliqov Afrika tuyaqushlarini boqmoqda.
Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi Oqbuloq mahallasida yashovchi Davron Xoliqov Afrika tuyaqushlarini boqmoqda.
“Har bir oila tadbirkor” Davlat dasturi doirasida Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank” tuman bo‘limidan ajratilgan 30 million so‘mlik kredit hisobiga 16 bosh tuyaqush jo‘jasi sotib oldi. Hozir tuyaqush jo‘jalari ancha o‘sib qoldi.
– Bu ishda tumanimiz soliq inspeksiyasi boshlig‘i rahbarlik qilayotgan 4-sektor yordam berdi, – deydi D.Xoliqov. – Sektor rahbarining ko‘magida oilavaiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, turmush o‘rtog‘im va o‘g‘lim ishli bo‘ldik. Tuyaqush yuz foiz chiqitsiz jonivor, Uning go‘shti, shifobaxsh, pat va parlari jahon bozorida juda qadrlanadi. Xullas haqiqiy yetti xazinaning biri. Tuyaqushlar tuxum bera boshlagach, ularning sonini yana ko‘paytirish niyatidamiz.
Tuman soliq inspeksiyasiga qarashli 4-sektor tarkibidagi to‘rtta mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 15 ming 500 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Sektor tarkibdagi ishchi guruh a’zolari uyma-uy yurish davomida fuqarolarning muammolarini aniqlab, uni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatmoqda.