«Tutqunlikdagi ozodlik» tatar tilida chop etildi
O‘zbek shoirasi Hosiyat Rustamovaning «Tutqunlikdagi ozodlik» kitobi Rossiyaning Simferopoldagi «Dolya» nashriyotida nashrdan chiqdi.
Kitobga shoiraning Vatan, erk, yurt va nafis muhabbat tuyg‘ulariga yo‘g‘rilgan she’rlari kiritilgan.
Kitob 10 ming nusxada tatar tilida chop etilgan. Undagi she’rlarni mohir tarjimonlar Seyran Sulaymon va Zera Bekirova mahorat bilan tarjima qilgan. To‘plam yozuvchi Valeriy Basыrov muharrirligida chop etilgan.