O‘zbekiston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qo‘mita raisi Bahrom Sharipov ommaviy axborot vositalari xodimlari savollariga javob berdi.

Jumladan, Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining o‘rniga turar joylar qurilishi mumkinligi hamda bino atrofidagi daraxtlar kesilayotganiga oid savolga aniqlik kiritildi.

– Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti 90 yildirki, faoliyat yuritadi, – dedi qo‘mita raisi B.Sharipov. – Bu institutda mamlakatimizning tutchilik bo‘yicha dunyodagi yagona kolleksiyasi saqlanib kelinmoqda. Undan 240 xildan ortiq turli davlatlarda o‘sadigan zotdor tutlar o‘rin olgan. Shuningdek, 120 turdagi pilla kolleksiyasi mavjud. Lekin haqiqatdan ham yaqin yillargacha bu institutga yetarlicha e’tibor berilmagan. Binoning yerlari ma’lum miqdorda qisqargan. 

 Bu yerlarni kim va nimaga sotganligi bizga ma’lum emas, sababi bu ishlar binoning qo‘mita tasarrufiga o‘tishidan oldin bo‘lgan. Hozirda institutning 17 gektar joyi saqlanib qolingan. Qo‘mita tashkil etilganidan keyin institutning qayta ta’mirlash ishlariga shaxsiy tadbirkorligim hisobidan 2017 yilda 200 million so‘m sarflaganman. Shuningdek, Fanlar akademiyasi tomonidan 3,05 milliard so‘m ajratilib, o‘tgan yili institut yangi holatga keltirilgan. Haqiqatdan ham institut o‘rniga shaharsozlik bo‘yicha takliflar bo‘lgan. Lekin biz bunga qarshiligimizni bildirdik. Sababi ming yillik an’ana va qadriyatlarimizni aks ettirib turgan milliy boyligimiz tut va pilla kolleksiyasi joyidan ko‘chirilishi natijasida nobut bo‘lishi yoki sifatsiz holatga kelishi mumkin.

Qo‘mita raisi shuningdek, pillachilar pilla pulini vaqtida ololmayotganiga oid savolga ham javob berdi.

– Pillani qayta ishlash korxonalari asosan fermerlar bilan shartnoma tuzib ishlaydi, – dedi B.Sharipov. – Shu sabab pul fermerga beriladi. Ayrim fermerlar tomonidan noma’lum sabablarga ko‘ra pilla boquvchilarga arzimas o‘tin, bug‘doy berish yo‘li bilan pulni qoplashga harakat qilingan. Bundan norozi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida qo‘mita faoliyati haqida tushunmovchiliklar kelib chiqqan. Endilikda pilla boquvchilar pillani qayta ishlash korxonalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishsa, bunday xatoliklarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Matbuot anjumanida mavzuga oid savollarga atroflicha javob berildi.

Gulnoza BOBOEVA, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tutchilik kolleksiyasi saqlanayotgan institut o‘rniga turar joy quriladimi?