Turli noxushliklarning oldini olish – asosiy maqsad
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, Surxondaryo viloyati hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Tadbirda favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev ishtirok etib, jarayonlarni bevosita kuzatib bordi. Dastlab viloyat mexanizatsiyalashtirilgan yig‘ma otryadining saf ko‘rigi o‘tkazilib, Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlarining kuch va vositalari ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng Surxondaryo viloyati energetika va kommunal soha ob’ektlarida 2024/2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, issiqlik va energetika tarmoqlarining barqaror ishlashi hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, turli noxush vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish bo‘yicha amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazildi.
[gallery-19593]
O‘quv mashqlari hududdagi 20 ta energetika va kommunal soha ob’ektida o‘tkazildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA