Turkiyaning Ukrainga yordami davom etadi
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an jurnalistlar bilan uchrashuv chog‘ida Zaporoje atom stansiyasi hududida davom etayotgan jang xavfsizlikka tahdid solishidan xavotirda ekanini aytdi.
- Yangi Chernobilni boshdan kechirishni istamaymiz, - dedi u. - Biz ukrainalik do‘stlar yonidamiz.
Uning qayd etishicha, fevral oyidan beri Anqara Ukrainaga 98 yuk mashinasida insonparvarlik yordami va zaruriy buyumlar yuborgan, 325 ming ukrainalikni vaqtinchalik yashash uchun qabul qilgan.
Vladimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, Turkiya Xarkov shahri va viloyati tiklanishi uchun homiylik qilishga tayyor.
“Turkiyaning mazkur homiylik bayonoti uchun minnatdorlik bildiraman”, dedi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.