Pandemiya sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotining barqarorligi va valyuta zaxiralari o‘sishining muhim shartlaridan biri mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va tashqi bozorlarga eksport qilish hisoblanadi.

bugungi kunda dunyo bozorlarida organik meva-sabzavot mahsulotlariga talab yuqori. Uni yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalar va sifatli bioorganik o‘g‘itlardan foydalanish katta samara beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magi bilan «BMB trade group» kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov va «ADAGA Food and Consulting Co.» (Turkiya) rahbari Zeki Yusufog‘lu o‘rtasida mamlakatimizda bioorganik o‘g‘itlarni qo‘llash istiqbollari yuzasidan muzokara o‘tkazildi. Uchrashuvning ertasiga Turkiya delegatsiyasi Jizzax viloyati Arnasoy tumanida joylashgan «BMB Agro Trade» sho‘’ba korxonasida bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi.

Muloqotning mantiqiy yakuni sifatida tomonlar o‘rtasida qo‘shma faoliyat haqida kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, Jizzax viloyatida ilk bor Turkiyadan olib kelingan bioorganik o‘g‘itlar samarasini tekshirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish tajriba maydonlari tashkil qilinadi.

Turkiyaning «ADAGA Food and Consulting Co.» kompaniyasi 2011 yilda tashkil qilingan, xitozan asosida bioorganik o‘g‘itlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniyada yuqori malakali muhandis, kimyogar va agronomlar ishlaydi, bioorganik mahsulotlarini O‘zbekistonga ham yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

«BMB Trade Group» kompaniyasi esa yurtimiz bozorida xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, xorijiy kompaniyalarga konsalting xizmati ko‘rsatish bilan tanilgan.

Kelishuvga ko‘ra, investor bioorganik o‘g‘itlarning sinov partiyasini ajratib, tajriba uchastkasida turkiyalik agronomlar faoliyatini yo‘lga qo‘yadi, laboratoriya tadqiqotlarini moliyalashtiradi.

Tekshiruv natijalari asosida tomonlar O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Turkiyada ishlab chiqarilgan bioorganik o‘g‘itlarni qo‘llash borasida to‘plangan tajribani mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasi vakillariga yetkazish uchun amaliy seminarlar o‘tkazadi.

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyaning organik o‘g‘itlari O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini kengaytiradi