Turkiyada “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi yana bir bor e’tirof etildi
Turkiyaning Anqara shahridagi o‘quv poligonida turkiy davlatlar o‘rtasida taqsimlash elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi elektromontyorlar o‘rtasida xalqaro mahorat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi ham ishtirok etib, texnik tayyorgarlik, jabrlangan xodimga birinchi yordam ko‘rsatish hamda elektr qurilmalarida yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik mutaxassislar yuqori kasbiy tayyorgarlik, diqqat-e’tibor va ehtiyotkorlik namoyon etib, hakamlar hay’ati tomonidan “Eng diqqatli mutaxassislar” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqa har yili o‘tkazib kelinadi. O‘tgan yili musobaqaga Samarqand shahri mezbonlik qilgan va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi barcha shartlar bo‘yicha yuqori natija qayd etib, faxrli birinchi o‘rinni egallagan edi.

N.Ziyodullayeva,
O‘zA