Turkiya va Qozog‘iston o‘rtasida 13 ta shartnoma imzolandi
Ostonada bo‘lib o‘tgan Turkiya va Qozog‘iston rahbarlar o‘rtasidagi muzokara va Strategik hamkorlik bo‘yicha Oliy darajadagi kengashning oltinchi yig‘ilishidan so‘ng ikki davlat ko‘plab o‘zaro kelishuvlarga erishdi. Shuningdek, yetakchilar “Turkiya va Qozog‘iston o‘rtasida abadiy do‘stlik va sheriklik to‘g‘risida deklaratsiya”ni ham imzoladilar.
Shartnomalar iqtisodiy, infratuzilma va energetika masalalarini qamrab oldi. Xususan, "TAV Xolding" ishtirokida Olmaota xalqaro aeroportiga sarmoya киритиш to‘g‘risidagi hujjat, "KazMunayGaz" va Turkiya neft korporatsiyasi o‘rtasida neft va gaz loyihalari hamda neft konlari xizmati bo‘yicha kelishuv kuchga kirdi.
Bundan tashqari tomonlar uchuvchisiz uchoqlar ishlab chiqarish va dronga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish hoyasini ham ma’qulladilar.
Uchrashuvdan so‘ng Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdog‘onga ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun "Xo‘ja Ahmad Yasaviy" ordenini topshirdi.
S.Rahimov, O‘zA