Turkiya neft importini qisqartirmoqda
Turkiya avgust oyida neft va neft mahsulotlari importini jami 12,25 foizga qisqartirgan, bu haqda mamlakat energetika bozorini tartibga solish boshqarmasi (EPDK) hisobotida maʼlum qilindi, deb xabar beradi “Anadoʻli” agentligi.

Hisobotda koʻrsatilishicha, Turkiya oʻtgan yilning xuddi shu oyida 4,281 million tonna neft va neft mahsulotlari sotib olgan boʻlgan. Importda asosiy ulush Iroq (727 ming tonna) hissasiga toʻgʻri kelgan. Qolgan oʻrinlarni Eron (647 ming tonna), Qozogʻiston (243 ming tonna) egallagan.
Shu yilning aprel oyida Turkiya chetdan 1,291 million tonna dizel yoqilgʻisi sotib olgan. Raqamlarni oʻtgan yil bilan solishtirganda dizel yoqilgʻisi import hajmi 17,87 foizga qisqarganini koʻrish mumkin, deyiladi yana xabarda.