Turkiya davlatga qarashli eng yirik islom moliya bankini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Turkiya suveren boylik jamg‘armasi “Ziraat Katılım” va “Halk Katılım” davlat banklarining 100 foiz aksiyasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an tomonidan ilgari e’lon qilingan davlatga qarashli uch islom moliya bankini birlashtirish rejasining birinchi bosqichidir.
Aksiyani o‘tkazish zarur tasdiq asosida yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Kelajakda birlashmaga “Vakıf Katılım” banki ham qo‘shilishi kutilyapti.
Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, yagona yirik bank tashkil etilishi tarmoqning raqobatbardoshligi va mamlakat moliya bozoridagi ulushini oshiradi.
Turkiya islom banklari mablag‘i 2026-yil avgust oyida 5,35 trillion liraga yetib, o‘tgan yil oxirida umumiy ulushning 8,6 foizidan 9,6 foizigacha oshdi.
S.Rahimov, O‘zA