Turkiy xalqlarning umumiy madaniy merosi
Samarqand davlat pedagogika institutida “Turkiy xalqlarning umumiy madaniy merosi: til, tarix va taʼlim” mavzusida xalqaro ilmiy simpozium ötkazildi.
Turkiyaning Giresun universiteti hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TIKA) bilan hamkorlikda taşkil etilgan tadbirda Özbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirğiz, Qozoğiston va boşqa mamlakatlarning oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari professor-öqituvçilari, yoş tadqiqotçilar qatnaşdi.
Xalqaro ilmiy simpozium oçilişida Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Şahzoda Negmatova, Giresun universiteti rektori Yilmaz Jan, Turk tarixi jamiyati raisi, professor Haluk Selvi hamda Samarqand davlat universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti direktori Jöliboy Eltazarov sözga çiqib, mazkur forumning ahamiyati va istiqboldagi hamkorlik imkoniyatlari haqida fikr bildirdilar.

– Simpozium turkiy xalqlarning umumiy madaniy merosini til, tarix, adabiyot va taʼlim nuqtai nazaridan ilmiy örganiş, mavjud ilmiy natijalar va metodologik yondaşuvlar almaşinuvini rivojlantiriş hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan, – deydi Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Şahzoda Negmatova. – Mazkur maqsad doirasida turkiy tillarning tarixiy va zamonaviy rivojlanişi, umumiy alifbo va yozuv islohotlari, tarjima va köp tillilik, mumtoz va zamonaviy adabiy aloqalar, tarixiy manbalar va madaniy xotira, milliy qadriyatlarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi örni, inklyuziv va maktabgaça taʼlim, raqamli taʼlim hamda sunʼiy intellektdan masʼuliyatli foydalaniş masalalarini muhokama qilamiz. Alohida eʼtibor ilmiy muloqot natijalarini kelgusidagi tadqiqotlar, qöşma ilmiy taşabbuslar, akademik naşrlar va taʼlim sohasidagi amaliy hamkorlik uçun samarali asosga aylantirişga qaratiladi.
Xalqaro simpoziumning yalpi majlisida turkiy xalqlarning umumiy madaniy merosi, til, tarix va taʼlimga oid dolzarb mavzularda maʼruzalar tinglandi.

Ilmiy muhokamalar til, tarix va taʼlim yönalişlarini qamrab olgan şöʼba majlislarida davom etdi. Simpoziumning ilmiy mazmuni turkiy tillarning tarixiy taraqqiyoti va özaro aloqalari, umumiy adabiy meros, tarixiy xotira, pedagogik qadriyatlar, taʼlimdagi innovatsiyalar, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarning til hamda madaniy merosni örganişdagi imkoniyatlarini qamrab oldi.

Tadbir doirasida Samarqand davlat pedagogika instituti va Giresun universiteti rahbarlarining uçraşuvi ötkazildi. Unda taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş va akademik aloqalarni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi. Giresun universiteti rektori Yilmaz Jan va Muğla Sitki Köçman universiteti professori Ali Akarga Samarqand davlat pedagogika institutining “Faxriy professori” unvoni berildi.
Simpozium davomida “Qadriyatlar sadosi” badiiy kompozitsiyasi namoyiş etildi. Şuningdek, ikki davlat oliy taʼlim muassasalari rahbarlari “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida birgalikda daraxt köçatlari ekdilar.

Xorijlik mehmonlar Samarqanddagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, tarixiy-madaniy yodgorliklar bilan yaqindan tanişdilar.
Ğ. Hasanov, ÖzA muxbiri