2023 yil 5-6 dekabr kunlari Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Turkiy davlatlar geografiya kengashi hamkorligida “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiyasi tashkil etildi.

Turkiy davlatlar tashkiloti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Turkiy davlatlar geografiya kengashi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari turli mavzularga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Xalqaro konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad Turkiy xalqlarning ming yillar avval shakllangan tarixini yanada chuqurroq o‘rganish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, geografik o‘tmishini talqin qilish, milliy-madaniy o‘zligiga tayanib mushtarak tarixini, birlik va qardoshlik g‘oyasiga xizmat qiladigan manbalarni yaratish va kelajak avlod uchun yetkazib berishdan iborat.

Tadbirni kirish so‘zlari bilan ochib bergan Turkiy davlatlar geografiya kengashi bosh kotibi Oybek Norinboyev boy madaniyat, tarixga ega Turkiy davlatlar faoliyatidagi samarali harakat, tarix bilan bog‘laganda Turkistonning beqiyos o‘rni xususida fikr yuritdi.

[gallery-14938]

Shu jumladan, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Mirvohid Azimov, Istanbul Ticaret universiteti rektori Abdulhamid Avshar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori Azamat Ziyo nutq so‘zlab, xalqaro konferensiyaning bugungi kundagi tarixiy ahamiyati haqida alohida to‘xtaldi.

– Xalqaro konferensiya doirasida turk olami hamkorligi, buyuk Turkistonning beqiyos o‘rni, bugungi Turkiy davlarlar tashkiloti faoliyatidagi ahamiyatini muhokama qildik, – dedi Turkiyaning Selchuk universiteti Adabiyot fakulteti professori Mustafo Demirchi. – Iqtisodiy, yo‘l-transport va yana boshqa sohalardagi birlashuvlarni yanada rivojlantirish kerak. Hozirda turkiy davlatlar ta’lim sohasida ham birlashishi maqsadga muvofiq. Bugun ta’lim, ilm-fan yo‘nalishlaridagi loyihalar ham o‘rtaga tashlangan.

Tadbirda, shuningdek, Turkiy davlatlar olimlari o‘rtasidagi qo‘shma loyihalarsiz maqsadlarga erishish mushkul ekani ma’lum qilindi. Shu bois, o‘zaro birlashish, hamkorlikda ishlarni rivojlantirish zarurligi ham aytildi.

Anjuman doirasida turkiy birlik, turk dunyosining qadim o‘tmishi, Turkiston davlatchiligi, turkiylar madaniyati va san’ati, Turkiston xalqlarining fanga, islom dini rivojiga qo‘shgan hissasi mavzularidagi ma’ruzalar tinglandi. Bilamiz, bugungi kunda turkiy dunyo shiddat bilan integratsiya jarayoniga qadam qo‘ymoqda. Aytish kerakki, turkiy davlatlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hamkorligini ularning o‘tmishdagi birligini anglashsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/a7-c3n5rLks" title="“Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning oʻrni” –   xalqaro konferensiyadagi tahlil" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

– Bugun biz davlat rahbarlari ijobiy misollarida ko‘ryapmizki, Turkiy xalqlarga bugun ahillik, birdamlik, jipslik kerak, – dedi O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja. – Bugun biz hatto bitta o‘rta turkiy tilda gaplashmoqchimiz. Garchand jug‘rofan har xil qit’alarda joylashgan bo‘lsakda, turkiy davlatlar hamkorligi bizni birlashtirmoqda.

Yuqori darajada o‘tayotgan ilmiy-amaliy yig‘ilish “Turkistonda siyosat va boshqaruv, Turkiy davlatchilik an’analarining asoslari”, “Turkistonda ilm-fan va madaniyat yoxud O‘rta asr klassik Islom madaniyati timsolida Movarounnahr”, “Turkistonning me’moriy obidalari va san’ati”, “Turkistonning Turkiy va mintaqa xalqlari hayotidagi o‘rni va ahamiyati”, “Turkiston va Turkiy dunyo” kabi mavzularda ham qiziqarli taqdimotlar namoyish etildi.

Buyuk mutafakkir olim Imom Buxoriyning “Ilmdan boshqa najot yo‘q” shiori ostida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya ishtirokchilarga Turkiston tarixi va turkiy xalqlarning madaniy boyligini ilmiy jihatdan o‘rganish imkonini berayotgani quvonarli.

Anjumanning amaliy natijasi sifatida ma’ruzachi olimlar, ishtirokchilarning ilmiy maqolalari alohida to‘plam shaklida nashr etilishini ma’lum qilgan joiz. Konferensiyaning ikkinchi kuni ham qator ma’ruzalar, muhokama va munozara shaklida davom etdi. Turkiylar tarixiga doir mavzular o‘zaro muhokama qilindi.

Behruz Xudoyberdiyev, Nosirjon Haydarov (foto), Asliddin Alijonov (video), O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning o‘rni” –  xalqaro konferensiyadagi tahlil (+Video)