Turizm ob’ektlarida sayyohlarga qulayliklar yaratiladi
“Hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va sohada loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda:
2030-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekistonga turistlarni jalb qilish maqsadida xorijiy davlatlardan taklif etiladigan turoperatorlar vakillarining transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi;
mahalliy turoperatorlarning mamlakatimizga xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan xorijdagi targ‘ibot tadbirlari xarajatlarining 25 foizigacha, biroq 500 million so‘mdan oshmagan qismi qoplab beriladi;
xususiy tadbirkorlarning sayyohlar uchun madaniy-ommaviy va konsert-tomosha hamda madaniy tadbirlarni aniq belgilangan hudud va jadval asosida yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlarini 1 yilgacha muayyan qismini moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.
Bunda tadbirkorlar tomonidan ushbu tadbirlarni tashkil etishni bosqichma-bosqich o‘zi qoplash sharti bilan moliyalashtirish chegarasi Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi tomonidan belgilanadi.
O‘zA