Turizm biznesi vakillari bilan oçiq muloqot ötkazildi (+video)
Parkent tumanidagi turizm obʼektlari namunasida yirik investitsiya loyihalarini şakllantiriş va amalga oşiriş imkoniyatlariga bağişlangan “Oçiq muloqot” şaklidagi uçraşuv taşkil etildi.
Uçraşuvda Boş vazir örinbosari Jamşid Xodjayev, Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Aqqulov, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, şuningdek, viloyat studiyalari orqali hududlar hokimliklari, turizm sohasi vakillari, tadbirkorlar hamda vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari iştirok etdi.
Oçiq muloqotning asosiy maqsadi Parkent tumanida turizm sohasida mavjud imkoniyatlar va amalga oşirilayotgan loyihalar misolida mamlakatimizning boşqa hududlarida ham yirik turistik majmualar, zamonaviy dam oliş maskanlari va yangi turistik infratuzilma obʼektlarini taşkil etiş böyiça istiqbolli taşabbuslarni işlab çiqiş, ularni amalga oşirişga xususiy sektor vakillarini keng jalb etişdan iborat böldi.
Ziyovuddin Nuriddinov, Nişonboy Abduvoitov, Uluğbek Töxtayev, ÖzA