Tunis prezidenti Qays Said parlament faoliyatini muzlatib qo‘ygandan keyin, qonunchilik organi spikeri Rashid al-Gannushiga va yana 64 deputatga mamlakat hududini tark etishni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar tarqatdi Tunisie Numerique portali,

Nashrning ma’lumot berishicha, taqiq sud ishi ochilgan parlament a’zolariga nisbatan qo‘llaniladi.

“an-Naxda” partiyasi yetakchisi Al-Gannushi Tunis aholisiga video orqali murojaat qilib, "qo‘lga kiritilgan inqilobni himoya qilish” va “to‘ntarishga” ga qarshi namoyish o‘tkazishga chaqirdi.

Ayrim nashrlarning xabar berishicha,  mamlakatda kechayotgan siyosiy voqealar sharoitida prezident gvardiyasi bosh direktori Xolid Yaxaui Ichki ishlar vazirligining vaqtinchalik rahbari etib tayinlangan.

Bundan avval Qays Said bosh vazir Xisham al-Meshishini lavozimidan ozod etgandan keyin, parlament faoliyatini ham muzlatib qo‘ydi. Bundan tashqari,  mamlakatda hukumatga qarshi chiqishlar sharoitida barcha deputatlarni dahlsizlikdan mahrum qildi. Said ijro hokimiyatini keyinchalik tasdiqlanadigan yangi bosh vazir yordamida o‘z qo‘liga oldi. U  o‘zining harakatlari qonun doirasida hamda xalq talabiga ko‘ra amalga oshirilayotganini ta’kidlagan. Keyinroq prezident kanselyariyasining aniqlik kiritishicha, parlament faoliyati 30 kunga muzlatilgan.

Xabarda Tunis armiyasi poytaxtdagi mamlakat parlamenti binosini o‘rab olgani aytilmoqda.

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tunis parlamenti spikeri va 64 nafar deputatga mamlakatni tark etish taqiqlab qo‘yildi