Tuliyev Ulug‘bek Yuldashevichning fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«O‘zbek tilidagi hujjatlarning tematik klassifikatorlarini yaratish» mavzusida
Tuliyev Ulug‘bek Yuldashevichning 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (fizika-matematika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha «O‘zbek tilidagi hujjatlarning tematik klassifikatorlarini yaratish» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 1-dekabr soat 15:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy. O‘zbekiston Milliy universitetining Matematika fakulteti binosi A-221 xona.
Tel.: (0 371) 246-02-24;
e-mail: devonxona@nuu.uz