Triatlonchilarimiz Osiyo kubogida sovrindorlikka erishdi
Malayziyaning Kampar shahrida triatlon bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo kubogida mamlakatimiz sportchilari 2 ta medalga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Diana Bektemirova o‘smirlar toifasidagi musobaqalar yakuniga ko‘ra, bronza medaliga ega chiqqan bo‘lsa, o‘smirlar toifasining aralash estafeta musobaqalarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Diana Bektemirova, Dayana Lukiyenko, Yegor Yegorov, Muhammadyusuf Abduxalilovdan iborat to‘rtlik ham qit’a kubogining bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA