Tramp Venesuelani 51-shtat” sifatida belgiladi
AQSH Prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoq sahifasida Amerika bayrog‘i rangidagi Venesuela xaritasini chizib, “51-shtat” yozuvini joylashtirdi.
Shuningdek, u 11-may kuni "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida ham shu masala to‘g‘risida jiddiy o‘ylayotganini aytgandi. Binobarin, ushbu bayonotning aniq mazmuni noaniqligicha qolmoqda.
Venesuela Prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges esa darhol jurnalistlarga mamlakati 51-shtat bo‘lish niyatida emasligini bildirdi.
U Gaagadagi Xalqaro sudda Venesuela va qo‘shni Gayana o‘rtasidagi minerallar va neftga boy Essekibo mintaqasi bo‘yicha bahsning so‘nggi kunida shunday dedi:
- Biz o‘z yaxlitligimiz, suverenitetimiz, mustaqilligimiz, tariximizni himoya qilishda davom etamiz. Venesuela mustamlaka emas, balki erkin mamlakat!
G.Sattorova, O‘zA