Tramp: Rossiya neftni qayta ishlash sanoati ustidan nazoratni yo‘qotdi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya neftni qayta ishlash sanoati ustidan nazoratni yo‘qotganini ta’kidladi va Moskvani Ukraina bilan “oxiri yo‘q urush”ga chek qo‘yishga chaqirdi.
– Neftni qayta ishlash zavodlarining ko‘pi portlatildi yoki hech bo‘lmaganda vaqtincha ishdan chiqarildi, – deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. – Ukraina bilan bu bema’ni va oxiri ko‘rinmaydigan urush tugashi kerak. Har oy 25 000 kishi, asosan askarlar halok bo‘lishidan butun dunyo azob chekmoqda. Qanday sharmandalik!
S.Rahimov, O‘zA