Tramp Kim Chen Indan qattiq xafa boʻldi
AQSH prezidenti Donald Tramp agar Shimoliy Koreyaning raketa maydonlarini qayta qurayotganligi haqidagi xabarlar rost boʻlsa, Kim Chen Indan qattiq xafa boʻlishini aytdi.
AQSH prezidenti Donald Tramp agar Shimoliy Koreyaning raketa maydonlarini qayta qurayotganligi haqidagi xabarlar rost boʻlsa, Kim Chen Indan qattiq xafa boʻlishini aytdi.Payshanba kuni Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan xabarlarga koʻra, Shimoliy Koreyaning qitʼalararo ballistik raketa tizimida yangi faoliyatlar aniqlangan.
Janubiy Koreyaning “JoongAng Ilbo” va “Donga Ilbo” gazetalari, Milliy razvedka xizmati maʼlumotlariga tayanib, Shimoliy Koreyaning birinchi qitʼalararo ballistik raketa ishlab chiqargan, Pxenyanning Sanumdong shahridagi, zavod atrofida yuk tashish harakatlari boshlanganligini maʼlum qilgan.
Ushbu xabarlardan soʻng Qoʻshma Shtatlar Prezidenti Shimoliy Koreya rahbarining bu kabi harakatlarini qoralagan va undan juda xafa ekanligini aytgan.