Tramp: JCh-2026 AQSh iqtisodiyotiga 18 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi
Musobaqaning 78 ta uchrashuviga AQSh mezbonlik qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, mundialning o‘zi AQSh iqtisodiyotiga 18 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan hamda 160 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishiga xizmat qilgan.
AQSh prezidenti sayohat va turizm sohasi mamlakat kompaniyalari hamda mahalliy iqtisodiyot uchun milliardlab dollar daromad keltirayotganini ta’kidladi.
2026-yilgi jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkazildi. Musobaqaning 78 ta uchrashuviga AQSh mezbonlik qildi.