Tramp: Hurmuz bo‘g‘ozi ochilmasa, Eronga keskin zarba beriladi (+video)
AQSH prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqda odobsiz iboralar bilan yozilgan post qoldirib, agar Hurmuz bo‘g‘ozi ochilmasa, Erondagi elektr stansiyalar va ko‘priklarni vayron qilishini aytdi, deb xabar berdi VVS nashri.
Yakshanba kechqurun Tramp tushunarsiz post qoldirib unda ultimatum muddatini yana bir kunga, dushanbadan seshanbagacha uzaytirgan bo‘lishi mumkinligini anglatdi. Tushunarsiz deyilishiga sabab, u faqat: «Seshanba, sharqiy vaqt bilan soat 20:00 » - deb yozgan va nima haqida gap ketayotganini ma’lum qilmagan.
Trampning tahdidlariga javoban, Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibof AQSH prezidentining “o‘ylovsiz harakatlari” butun mintaqani o‘t ichiga qoldirishini aytdi.
U X tarmog‘ida shunday yozdi: «Sizning qarorlaringiz AQSH va u yerdagi har bir oilaga musibat keltiradi. Bizning butun mintaqamizni yondirishi mumkin. Chunki, siz Netanyahu ko‘rsatmalarini bajarishda davom etyapsiz».
G‘olibof shuningdek, yagona yechim sifatida Eron xalqi huquqlarini hurmat qilish va bu xavfli o‘yinni to‘xtatish ekanini ta’kidladi.
Tramp so‘zlariga ko‘ra, hozirgi muddat dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi tugaydi.
Eron tomonidan Hurmuz bo‘g‘ozining yopilishi energiya narxlarining keskin oshishiga va jahon iqtisodiyotiga bosim kuchayishiga olib kelmoqda.
Oman tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Eron va Oman vakillari bo‘g‘ozdan kemalarning erkin o‘tishi masalasini muhokama qilgan.
Uchrashuvda mutaxassislar ham qatnashib, turli takliflar bildirilgan, ammo yakuniy natija ma’lum qilinmagan.
VVS ning xalqaro muxbiri Orla Gerinning xabar berishicha, endi Eron va AQSH o‘rtasidagi asosiy qarama-qarshilik quruqlikda emas, balki dengizda davom etishi mumkin. Chunki, bo‘g‘oz ochilmasa, seshanbadan boshlab eronliklar olov ichida qolishini Tramp bir necha bor ta’kidlagan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/v-xjGgO1qbs" title="Tramp: Hurmuz bo‘g‘ozi ochilmasa, Eronga keskin zarba beriladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov, O‘zA