Tramp endi Kolumbiya universitetini nishonga oldi
Tramp ma’muriyati xalqaro tadqiqotlar bo‘limlaridan birini nazorat qilish topshirilmasa, Kolumbiya universitetini federal moliyalashtirish butunlay to‘xtatilishi bilan tahdid qildi, deb yozdi "Euronews".
Payshanba kuni kechqurun federal hokimiyat tomonidan yuborilgan maktubda Kolumbiya moliyaviy kelajagi bo‘yicha muzokara faqat Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Afrika tadqiqotlari departamenti kamida besh yilga topshirilgan taqdirdagina amalga oshirilishidan ogohlantirilgan.
AQSH Prezidentining butun mamlakat bo‘ylab universitetlar faoliyatini o‘zgartirishga urinishi Ta’lim vazirligi va shu yo‘nalishdagi tashkilotlarda chuqur xavotir uyg‘otmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA